Genich Villarrealga qarshi bahsda Real g'alaba qozonadi dedi

Genich Villarrealga qarshi bahsda Real g'alaba qozonadi dedi

Ispaniya chempionatining 21-tur markaziy uchrashuvida Madridning “Real” jamoasi safarda “Villarreal” mehmoni bo'ladi. Bahs arafasida taniqli kommentator Konstantin Genich o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Genichning ta'kidlashicha, “Real” yana turnir jadvalida birinchi o'rinni qaytarib olishi shart. Shuning uchun u ushbu o'yinda madridliklarning g'alabasini taxmin qildi. Shuningdek, u Arbeloa jamoada to'g'ri sxema va futbolchilar bilan ishlash uslubini topganini qayd etdi.

Uchrashuv bugun, 24 yanvar kuni “Villarreal”ning uy stadionida bo'lib o'tadi. Start hushtagi 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi. O'yin oldidan “sariq suvosti kemasi” turnir jadvalida uchinchi, “qaymoqranglilar” esa ikkinchi pog'onada bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.