Balogun 2026 yilgi mundial oldidan kayfiyatini bildirdi

“Monako” hujumchisi Folarin Balogun 2026 yilgi jahon chempionati arafasida o‘z kutganlari haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Eslatib o‘tamiz, turnir mezbonlaridan biri AQSh bo‘ladi. Balogun aynan AQSh terma jamoasi safida maydonga tushadi.
“Men doim aytaman: eng muhimi — mundialga qanday sport formasi bilan kelishing. Hozir “Monako”da bor e’tiborimni maydondagi o‘yinimga qaratishim kerak, bu esa turnirga eng yaxshi holatda borishimga yordam beradi”, — deya futbolchining so‘zlarini klub matbuot xizmati keltirdi.
2026 yilgi jahon chempionati tarixda ilk bor bir vaqtning o‘zida uch davlat — AQSh, Kanada va Meksikada o‘tkaziladi. Shuningdek, turnirda ilk marta 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.
AQSh bundan avval mundialga 1994 yilda mezbonlik qilgan, o‘shanda chempionlikni Braziliya qo‘lga kiritgan edi.













