Haykin Man Siti ustidan g'alabani Norvegiya sporti tarixi dedi

Haykin Man Siti ustidan g'alabani Norvegiya sporti tarixi dedi

Norvegiyaning “Budo-Glimt” klubi darvozaboni Nikita Haykin “Manchester Siti”ga qarshi kutilmagan g'alaba haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 7-turida norveglar ingliz grandini 3:1 hisobida mag'lub etdi.

Haykinning aytishicha, o'yindan keyin ham jamoa o'zlari XXI asr futbol industriyasidagi eng kuchli tizimlardan birini yengganini darhol anglab yetmagan. U bu bahs nafaqat klub, balki barcha norveglar va umuman Norvegiya sporti uchun tarixiy voqea bo'lganini ta'kidladi.

Darvozabon bu natijani o'z faoliyatidagi eng muhim g'alabalardan biri sifatida ham qayd etdi.

Hozirda “Budo-Glimt” Chempionlar Ligasi turnir jadvalida 6 ochko bilan 28-o'rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.