Gleb: Gancharenkoga Belarusni Yevropaga olib chiqish qiyin bo'ladi

Gleb: Gancharenkoga Belarusni Yevropaga olib chiqish qiyin bo'ladi

“Barselona”ning sobiq yarim himoyachisi Aleksandr Gleb Belarus terma jamoasining Viktor Gancharenko qo'l ostidagi istiqbollari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Glebning aytishicha, Gancharenkoga Belarusni Yevropa chempionatiga olib chiqish oson bo'lmaydi. U terma jamoada ishlash bilan klubdagi murabbiylik mutlaqo boshqa-boshqa vazifa ekanini ta'kidlab, yangi rolda Viktor Mixaylovich qanday uddalashini vaqt ko'rsatishini qo'shimcha qildi.

Shu bilan birga, sobiq futbolchi har qanday vaziyatda ham jamoa va bosh murabbiyni qo'llab-quvvatlashini aytdi. Uning umidi — Gancharenko bilan Belarus terma jamoasi oldinga qadam tashlashi.

Eslatib o'tamiz, belarusliklar AQSh, Kanada va Meksikada o'tadigan yaqinlashib kelayotgan jahon chempionatiga saralashdan o'ta olmadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.