Gleb Gancharenkoga Belarusni Yevropaga olib chiqish qiyin deydi

Gleb Gancharenkoga Belarusni Yevropaga olib chiqish qiyin deydi

“Barselona”ning sobiq yarim himoyachisi Aleksandr Gleb Viktor Gancharenko boshchiligidagi Belarus terma jamoasining kelajakdagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Glebning aytishicha, Gancharenkoga jamoani Yevropa chempionatiga olib chiqish oson bo‘lmaydi. U terma jamoada ishlash bilan klubdagi murabbiylik mutlaqo boshqa-boshqa vazifa ekanini ta’kidladi. “Viktor Mixaylovich yangi ishda o‘zini qanday ko‘rsatishini kuzatamiz”, — dedi Gleb “RB Sport”ga.

Shu bilan birga, sobiq futbolchi qanday holat bo‘lishidan qat’i nazar, terma jamoa va murabbiylarni qo‘llab-quvvatlashini aytdi. Uning umidi — Gancharenko bilan Belarus termasi oldinga qadam tashlashi.

Belarus terma jamoasi esa yozda AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan navbatdagi jahon chempionatiga saralashdan o‘ta olmadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.