Karrager Karikni maqtab, Amorimga jasorat yetishmaganini aytdi

Karrager Karikni maqtab, Amorimga jasorat yetishmaganini aytdi

“Liverpul”ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager Maykl Karikning “Manchester Yunayted”dagi ishlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Karik vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida jamoani dastlabki ikki uchrashuvda g‘alabaga olib keldi: “qizil iblislar” “Manchester Siti”ni 2:0, “Arsenal”ni esa 3:2 hisobida mag‘lub etdi.

Sky Sports eksperti Karrager “kanonirlar” ustidan qozonilgan g‘alabani sharhlar ekan, avvalgi murabbiy Ruben Amorimda aynan shu jihat — dadillik yetishmaganini ta’kidladi.

Ruben Amorim 5-yanvar kuni iste’foga chiqarilgandi. Oradan sakkiz kun o‘tib klub Maykl Karik vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlanganini e’lon qildi. Angliyalik mutaxassis bilan mavsum oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma tuzilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.