Jikiya agenti himoyachining Antalyasporni tark etishi haqida gapirdi

Jikiya agenti himoyachining Antalyasporni tark etishi haqida gapirdi

«Antalyaspor» futbolchisi Georgiy Jikiyaning agenti Vladimir Kuzmichyov rossiyalik himoyachining kelajagi yuzasidan izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agentning aytishicha, Jikiyaning ahvoli yaxshi va klub unga ishonmoqda. So‘nggi o‘yinlarda u maydonga tushmagani mikrojaroqat bilan bog‘liq bo‘lgan, hozir esa tiklanib ulgurgan. Kuzmichyovning fikricha, himoyachi keyingi uchrashuvda yana tarkibda bo‘lishi mumkin.

Avvalroq OAVda turk klubi «Spartak»ning sobiq sardori bilan xayrlashmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Jikiya Turkiya chempionatining joriy mavsumida 12 ta uchrashuvda qatnashib, 2 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. Uning «Antalyaspor» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.