David Trezege Buenos-Ayresda River Pleyt rahbariyatiga qaytdi

David Trezege Buenos-Ayresda River Pleyt rahbariyatiga qaytdi

Turinning «Yuventus» klubi va Fransiya terma jamoasi sobiq hujumchisi David Trezege Argentinaga yana qaytdi. U avvalroq Buenos-Ayresdagi «River Pleyt» safida o‘ynab, klub bilan Argentina futbolining ikkinchi ligasida chempionlikni ham qo‘lga kiritgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Endilikda Trezege «River Pleyt»ga futbolchi sifatida emas, balki klubning boshqaruv tizimida ishlash uchun qaytmoqda. Uning aniq lavozimi ochiqlanmagan bo‘lsa-da, klub uni barcha rahbariyat ishtirokida maxsus taqdimot orqali tanishtirdi.

Taqdimotda Trezege strategik masalalar bilan shug‘ullanishi va «River Pleyt»ni institutsional darajada vakillik qilishi ma’lum qilindi. Eslatib o‘tamiz, fransuz futbolchi 2015 yilda faoliyatini yakunlagan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.