Arteta maglubiyat uchun barcha mas’uliyatni o'z zimmasiga oldi

Londonning «Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta «Manchester Yunayted»ga qarshi uchrashuvdan keyin fikr bildirdi. Angliya Premyer-ligasining 23-tur bahsi 2:3 hisobida yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis maglubiyat uchun javobgarlikni to\'liq o\'z zimmasiga olishini ta’kidladi va endi eng muhimi — jamoaning bunga qanday munosabat bildirishida ekanini aytdi. Artetaning so\'zlariga ko\'ra, vaziyatni to\'g\'rilash uchun imkon bor, eng yaxshi reabilitatsiya esa maydonda bo\'ladi: uch kundan keyin «Arsenal» yana Chempionlar ligasida o\'ynaydi.
23 tur yakuniga ko\'ra, «kanonirlar» Premyer-liga jadvalida 50 ochko bilan yetakchilik qilmoqda.
Arteta jamoasining navbatdagi o\'yini 18-yanvar kuni bo\'lib o\'tadi. Shu kuni «Arsenal» Chempionlar ligasining 8-turida uy maydonida Qozog\'istonning «Qayrat» klubini qabul qiladi.













