Ilya Zabarnyy PSJ g'alabasidan keyin fikr bildirdi

Ilya Zabarnyy PSJ g'alabasidan keyin fikr bildirdi

Fransiya chempionatining 19-turida PSJ safarda \"Oser\"ni 1:0 hisobida mag\'lub etdi. Uchrashuvdagi yagona golni o\'yin oxirlarida vinger Bredli Barkola kiritdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bahsdan keyin jamoa himoyachisi Ilya Zabarnyy natija yuzasidan o\'z fikrlarini aytdi.

“Jamoa raqibni siqib borib, baribir o\'z so\'zini aytishiga ishondi. PSJ hech qachon to\'xtamaydi, doim ishini qiladi — bu bizning asosiy kuchimiz. Hisob qanday bo\'lishidan qat\'i nazar, jamoa hujum qilishdan charchamaydi, tempni ushlab turadi. Gol urish faqat vaqt masalasi edi”, — dedi futbolchi OAV vakillari bilan suhbatda.

Ushbu g\'alabadan so\'ng Luis Enrike shogirdlari 45 ochko to\'plab, Liga 1 turnir jadvalida peshqadam bo\'lib turibdi. Parijliklar \"Lans\"dan ikki ochkoga oldinda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.