David Trezege Buenos-Ayresda River Pleyt rahbariyatiga qaytdi

David Trezege Buenos-Ayresda River Pleyt rahbariyatiga qaytdi

Turinning “Yuventus” klubi va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezege Argentinaga yana qaytdi. U bir paytlar Buenos-Ayresning “River Pleyt” jamoasida to‘p surib, Argentina futbolining ikkinchi ligasida chempionlikni ham qo‘lga kiritgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bu safar Trezege maydondagi rol uchun emas, klub boshqaruvida ishlash maqsadida “River Pleyt”ga qo‘shilmoqda. Uning lavozimi aniq ochiqlanmagan bo‘lsa-da, klub sobiq futbolchini butun rahbariyat ishtirokidagi taqdimot marosimida jamoatchilikka tanishtirdi.

Marosimda Trezegening strategik masalalar bilan shug‘ullanishi va “River Pleyt”ni institut­sional darajada vakillik qilishi aytildi. Eslatib o‘tamiz, fransuz futbolchi 2015 yilda faoliyatini yakunlagan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.