Al-Nasr Sadio Mane kelajagi bo'yicha qaror chiqardi

Al-Nasr Sadio Mane kelajagi bo'yicha qaror chiqardi

Sadio Mane yaqin vaqt ichida «Al-Nasr»ni tark etishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

365Scores Arabia xabariga ko'ra, Saudiya klubi senegallik hujumchiga yangi shartnoma taklif qilmaslikka qaror qilgan. Mane bilan amaldagi bitim esa 2027 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.

Mane 2023 yilda «Bavariya»dan «Al-Nasr»ga 30 million yevro evaziga ko'chib o'tgandi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 17 o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchini 7 million yevroga baholamoqda.

Hozirda «Al-Nasr» Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida 37 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.