Gleb Gancharenkoga Belarusni Yevropaga olib chiqish oson emas dedi

“Barselona”ning sobiq yarim himoyachisi Aleksandr Gleb Belarus terma jamoasining Viktor Gancharenko qo‘l ostidagi istiqbollari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Glebning aytishicha, Gancharenko uchun Belarusni Yevropa chempionatiga olib chiqish juda mushkul bo‘ladi. U bunga sabab sifatida terma jamoa bilan ishlash klubdagi murabbiylikdan mutlaqo farq qilishini ta’kidladi. “Viktor Mixaylovich yangi vazifani qanday uddalashini vaqt ko‘rsatadi”, — dedi u “RB Sport”ga.
Shu bilan birga, sobiq futbolchi vaziyat qanday bo‘lishidan qat’i nazar, terma jamoa va murabbiyga doim qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Uning umidicha, Gancharenko kelishi Belarus termasini oldinga qadam tashlashiga yordam beradi.
Ma’lumot uchun, belaruslar yozda AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan navbatdagi jahon chempionatiga yo‘llanma ola olmadi.













