Bekhem Arsenal mag'lubiyatidan keyin Romeoni hazilladi

Bekhem Arsenal mag'lubiyatidan keyin Romeoni hazilladi

Devid Bekhem ijtimoiy tarmoqlarda o'g'li Romeo ustidan kulib o'tdi. Romeo "Arsenal" muxlisi, "kanonirlar" esa yaqinda o'z maydonida "Manchester Yunayted"ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bekhem "Romeo, hammasi joyidami?" deya yozib, "Manchester Yunayted" futbolkasidagi eski suratini ham ulashdi.

Romeo bunga javoban APL turnir jadvalini e'lon qildi va ochkolar farqini eslatib, otasini o'zini baland tutmaslikka chaqirdi.

Hozirda APLning top-4 jamoalari shunday: "Arsenal" (50 ochko), "Manchester Siti" (46), "Aston Villa" (46), "Manchester Yunayted" (38).

Ma'lumot uchun, Bekhem "Manchester Yunayted" safida 394 ta o'yinda maydonga tushib, 85 ta gol urgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.