Slutskining jamoasi Osiyo Chempionlar Ligasida yana yutqazdi

Slutskining jamoasi Osiyo Chempionlar Ligasida yana yutqazdi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi «Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar Ligasining umumiy bosqichi 6-turida safarda «Sanfrecce Xirosima»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi va yana ochkosiz qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvdagi yagona gol 78-daqiqada kiritildi: mezbonlar himoyachisi Hayato Araki hal qiluvchi zarbani yo'lladi. Bu natija Xitoy klubining turnirdagi ketma-ket uchinchi mag'lubiyati bo'ldi.

Olti turdan so'ng «Shanxay Shenxua» 4 ochko bilan jadvalda 11-o'rinni egallab turibdi. «Sanfrecce Xirosima» esa 11 ochko jamg'argan holda uchinchi pog'onada bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.