Ronaldu emojilar bilan Al-Nasr g'alabasini nishonladi

Ronaldu emojilar bilan Al-Nasr g'alabasini nishonladi

Krishtianu Ronaldu murabbiy bilan kelishuvga ko'ra OFK Chempionlar ligasi 2 (Osiyodagi ikkinchi darajali klub turniri) guruh bosqichi uchrashuvlarida maydonga tushmayapti. Shunga qaramay, Al-Nasr yetakchisiz ham ishonchli natija ko'rsatmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Saudiya klubi chorshanba kuni guruhdagi beshinchi o'yinida ham g'alaba qozondi: Tojikistonda "Istiqlol" 4:0 hisobida yirik mag'lub etildi. Natijada Al-Nasr guruhni birinchi o'rinda yakunlab, keyingi bosqichga yo'l oldi.

Uchrashuvdan so'ng Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda Al-Nasrning birinchi o'rin bilan pley-offga chiqqani haqidagi postni repost qildi va unga ikki emoji — olov hamda qarsak belgisini qo'shdi.

40 yoshli portugaliyalik yulduzning Al-Nasr bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.

Shuningdek, internetda Ronaldu va Tojikiston bilan bog'liq soxta xabar ham muhokama qilinmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.