David Trezege Buenos-Ayresda River Pleyt rahbariyatiga qaytdi

Turinning «Yuventus» klubi va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezege Argentinaga yana qaytdi. U bir vaqtlar Buenos-Ayresning «River Pleyt» safida ham to‘p surib, Argentina ikkinchi divizionida chempionlikni qo‘lga kiritgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Endilikda Trezege maydonga emas, klub boshqaruviga kelmoqda. «River Pleyt» uni butun rahbariyat ishtirokida rasman tanishtirdi, biroq uning aniq lavozimi hozircha ochiqlanmadi.
Ta’kidlanishicha, fransuz mutaxassis klubning strategik masalalari bilan shug‘ullanadi va «River Pleyt»ni institutsional darajada vakillik qiladi. Eslatib o‘tamiz, Trezege futbolchilik faoliyatini 2015 yilda yakunlagan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













