David Trezege Buenos-Ayresda River Pleyt rahbariyatiga qoʻshildi

Turinning «Yuventus» klubi va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezege Argentinaga qaytdi. U avvalroq «River Pleyt» safida ham toʻp surib, hatto mamlakatning ikkinchi ligasida chempionlikni qoʻlga kiritgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Endilikda Trezege klubga futbolchi sifatida emas, rahbariyat tarkibida qaytmoqda. «River Pleyt» uni butun boshqaruv jamoasi ishtirokida taqdimot marosimida tanishtirdi.
Trezening aniq lavozimi hozircha oshkor qilinmadi. Klub maʼlumotiga ko‘ra, u strategik masalalar bilan shugʻullanadi va «River Pleyt»ni institutsional darajada namoyon etadi.
Eslatib oʻtamiz, fransuz futbolchi professional faoliyatini 2015 yilda yakunlagan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













