Sadio Mane Al-Nasr safida uchrashuvning eng yaxshisi bo'ldi

Sadio Mane Al-Nasr safida uchrashuvning eng yaxshisi bo'ldi

Al-Nasrning senegallik yulduz vingeri Sadio Mane Saudiya Arabistoni chempionati 18-turida Al-Taavunga qarshi o'yinda maydonga tushdi. Uchrashuv Al-Nasrning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi va Mane bellashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qayd etish joiz, bu Mane uchun Afrika Kubogi – 2025 dagi triumfdan keyin Al-Nasr safidagi ilk o'yin bo'ldi. Turnir finalida Senegal terma jamoasi Marokashni 1:0 hisobida mag'lub etgandi.

Joriy mavsumda 33 yoshli futbolchi Saudiya chempionatida 10 ta uchrashuv o'tkazdi. Mane hisobida 3 ta gol va 4 ta golli uzatma bor.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.