Ronaldu Jorjina Rodrigesni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

«An-Nasr» klubi hamda Portugaliya milliy terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z qallig‘i Jorjina Rodrigesni 32 yoshga to‘lishi munosabati bilan tabrikladi.
40 yoshli portugaliyalik futbolchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida shunday yozdi:
«Tug‘ilgan kuning muborak bo‘lsin, hayotim!»
Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodriges 2016 yildan beri birga. Juftlik besh nafar farzandni tarbiyalab kelmoqda. Eslatib o‘tamiz, 2025 yil avgust oyida Jorjina Rodriges futbolchi bilan unashtirilganini ommaga ma’lum qilgan edi.

Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













