PSJ darvozaboni Safonov yana safga qaytganini bildirdi

PSJ darvozaboni Safonov yana safga qaytganini bildirdi

PSJ darvozaboni Matvey Safonov Telegram kanalida mashg‘ulotdan olingan suratlarni ulashdi va eng muhimi, jamoaga qaytganini ma’lum qildi. Rossiyalik posbon o‘zini yaxshi his qilayotganini aytib, o‘yinlarga tayyor ekanini ta’kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Yana maydondaman! Ertangi uchrashuvga hozirlik ko‘ryapmiz», — deb yozdi Safonov.

Safonov PSJ safida ancha vaqtdan beri maydonga tushmayotgandi. U o‘tgan oy Qit’alararo kubok finalida «Flamengo»ga qarshi o‘yinda qo‘lidan jarohat olgan. O‘sha finalda Safonov penaltilar seriyasida to‘rtta zarbani qaytarib, qahramonga aylangandi.

28-yanvar, chorshanba kuni PSJ Chempionlar ligasida «Nyukasl»ni uyida qabul qiladi. Uchrashuv 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.