Ilkay Gyundogan Siti Arsenaldan o'zib ketishiga ishonadi

Ilkay Gyundogan Siti Arsenaldan o'zib ketishiga ishonadi

«Galatasaroy» yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan Angliya Premyer-ligasidagi chempionlik poygasi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

35 yoshli futbolchi chorshanba kuni Chempionlar ligasi umumiy bosqichining so'nggi turida sobiq jamoasi «Manchester Siti»ga qarshi maydonga tushadi.

Gyundoganning ta'kidlashicha, «Siti» «Arsenal»ni ortda qoldirib, Premyer-liga chempionligini qo'lga kiritishi mumkin. U so'nggi paytlarda farq qisqarganini eslatib, «shaharliklar» formaga kirsa, uzoq vaqt mag'lubiyatsiz seriya qayd etishga qodir jamoa ekanini aytdi. Shuningdek, u jamoa va murabbiyga ishonishini bildirib, ularga omad tiladi.

Eslatib o'tamiz, 23 turdan so'ng «Manchester Siti» APL jadvalida peshqadam «Arsenal»dan to'rt ochko ortda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.