Gyu'ndogan Siti Arsenalni ortda qoldirishiga ishonmoqda

Gyu'ndogan Siti Arsenalni ortda qoldirishiga ishonmoqda

"Galatasaroy" yarim himoyachisi Ilkay Gyu'ndogan Angliya Premyer-ligasidagi chempionlik poygasi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

35 yoshli futbolchi chorshanba kuni Chempionlar ligasi umumiy bosqichining so'nggi turida sobiq jamoasi "Manchester Siti"ga qarshi maydonga tushadi.

"Men "Manchester Siti" "Arsenal"ni ortda qoldirib, Premyer-liga chempionligini qo'lga kiritishiga ishonaman. Yaqinda ochkolar farqi qisqardi, barchamiz bilamiz — "Siti" formaga kirsa, uzoq vaqt yutqazmaydigan seriya qilishi mumkin. Men jamoa va murabbiyga ishonaman, ularga eng yaxshisini tilayman", — dedi Gyu'ndogan matbuot anjumanida. U o'tgan yozda "shaharliklar" safini tark etgandi.

23 turdan so'ng "Manchester Siti" APL jadvalida peshqadam "Arsenal"dan to'rt ochko ortda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.