Konte Chelsi bilan o'yin oldidan Abramovichga minnatdorlik bildirdi

Konte Chelsi bilan o'yin oldidan Abramovichga minnatdorlik bildirdi

“Napoli” bosh murabbiyi Antonio Konte “Chelsi”dagi faoliyati davrini iliq xotiralar bilan esladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Italiyalik mutaxassis 2016–2018 yillarda londonliklar bilan Angliya Premyer-ligasi va Angliya kubogini qo‘lga kiritgan edi.

“Eng avvalo, janob Abramovichga rahmat aytmoqchiman. U va Marina (Granovskaya) menga xorijda ishlash bo‘yicha ilk imkoniyatni berishdi. Bu juda ajoyib tajriba bo‘ldi”, — deya Kontening so‘zlarini X ijtimoiy tarmog‘ida jurnalist Bobbi Vinsent keltirdi.

“Napoli” — “Chelsi” uchrashuvi 28 yanvar kuni Neapolda bo‘lib o‘tadi. Start hushtagi 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi.

Yetti turdan so‘ng “Chelsi” 13 ochko bilan turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinda bormoqda, neapolliklar esa 8 ochko bilan 25-pog‘onani egallab turibdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.