Jerom Russiyon Fransiyaning Liga 2 musobaqasiga ko'chib o'tdi

Jerom Russiyon Fransiyaning Liga 2 musobaqasiga ko'chib o'tdi

Gvadelupada tug'ilgan fransuz himoyachisi Jerom Russiyon Germaniyadagi faoliyatidan so'ng yana Fransiyaga qaytdi. U so'nggi yetti yilini Bundesligada o'tkazib, avval «Volfsburg», keyin esa Berlinning «Union» jamoasi safida to'p surdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

33 yoshli futbolchi endilikda Fransiya ikkinchi divizioni vakili «Amyen» bilan shartnoma imzoladi. Qiziq tomoni, bundan avval Russiyon Angliyaning «Charlton» klubida qisqa muddat bo'lgan: u kuzda jamoaga qo'shilgan bo'lsa-da, ikki oy ichida Chempionshipda biror uchrashuvda maydonga tushmadi.

2023 yildan buyon Jerom Gvadelupa terma jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda: uning hisobida 17 o'yin va 2 gol bor.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.