Lamin Yamal JCh-2026 finalini Ispaniya va Braziliya deb bildi

Ispaniya terma jamoasi hamda Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumkor yarim himoyachisi Lamin Yamal sobiq “ko'k-anorranglilar” hujumchisi Neymar bilan iliq munosabatlari haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
18 yoshli futbolchi Braziliyani yoqtirishini va u yerga yana qaytishni xohlashini aytdi. Yamalning so'zlariga ko'ra, u Neymar bilan suhbatlashgan va agar ikkalasi ham 2026 yilgi jahon chempionati finaliga chiqsa, o'shanda birga ta'tilga borishga kelishib olgan. Shuningdek, u JCh-2026 finalida Ispaniya — Braziliya o'yinini kutayotganini ta'kidladi.
Eslatib o'tamiz, 2026 yilgi jahon chempionati yozda Shimoliy Amerikada bo'lib o'tadi. Turnirga AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi. Amaldagi jahon chempioni esa Argentina terma jamoasi hisoblanadi.













