Inter Roma sardori Pellegrinini tekinga olib kelmoqchi

Inter Roma sardori Pellegrinini tekinga olib kelmoqchi

Milanning «Inter» klubi «Roma» yarim himoyachisi Lorenso Pellegriniga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Oratsio Akkomandoning xabariga ko‘ra, «neradzurrilar» futbolchini joriy yil yozida erkin agent sifatida safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Buning sababi — Pellegrinining «bo‘rilar» bilan shartnomasi yakuniga yetadi va «Inter» transfer xarajatlarini kamaytirgan holda, ayni paytda markaziy chiziqni kuchaytirmoqchi.

Lorenso Pellegrini 2017 yilda «Sassuolo»dan «Roma»ga 10 million yevro evaziga o‘tgan. Joriy mavsumda u rimliklar safida barcha musobaqalarda 22 o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.