Argentinada di Mariya simulyatsiya ayblovlari ostida qoldi

Anxel di Mariya vatanga qaytgach dastlab muvaffaqiyatli start oldi, biroq tez orada vaziyat o'zgardi. Endi muammolar uning o'yinidan ko'ra raqiblar va muxlislar noroziligi bilan bog'liq: ular futbolchini maydonda tez-tez yiqilib, qoida buzilishini "olib berishga" urinayotganlikda ayblamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Argentina chempionati muhokama qilinadigan forumlarda "Nega di Mariyani hiylalariga ogohlantirish berishmaydi?", "Di Mariya yulduz, ammo uning harakatlari joniga tegdi", "bunday darajadagi futbolchining penalti so'rab o'zini tashlashi achinarli" kabi keskin fikrlar ko'paygan. "Manchester Yunayted" va "Real"ning sobiq futbolchisi hozir "Rosario Sentral" safida to'p surmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













