Pirs Morgan Artetani dunyoning eng yaxshi murabbiyi dedi

Britaniyalik jurnalist Pirs Morgan APLning 25-turida «Arsenal»ning uy maydonida «Sanderlend» ustidan 3:0 hisobidagi g‘alabasidan so‘ng bosh murabbiy Mikel Arteta ishini yuqori baholadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Morgan ijtimoiy tarmoqlardagi postida «Arsenal» hozir dunyodagi eng yaxshi murabbiyga ega ekanini ta’kidlab, Arteta o‘z faoliyatining eng yuqori nuqtasida turgani va uning ko‘p yillik taraqqiyotini kuzatish juda qiziq bo‘layotganini yozdi.
Angliya chempionati jadvalida «kanonirlar» 56 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Arteta shogirdlari ikkinchi o‘rinda borayotgan «Manchester Siti»dan 9 ochkoga oldinda.
Keyingi turda London klubi safarda «Brentford»ga qarshi maydonga tushadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













