Andronov Bavariya g‘alabasini kutmoqda va ko‘p gol bo‘lishi mumkin

Andronov Bavariya g‘alabasini kutmoqda va ko‘p gol bo‘lishi mumkin

Germaniya Bundesligasining 21-tur markaziy uchrashuvida Myunxenning «Bavariya» klubi «Xoffenxaym»ni qabul qiladi. O‘yin oldidan futbol sharhlovchisi Aleksey Andronov bahs haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Andronovning ta’kidlashicha, «Bavariya» bu uchrashuvda ustun kelishi kutilmoqda, hisob esa yirik ko‘rinish olishi mumkin — 5:1 yoki 5:2 kabi. Uning tanlovi: «Bavariya» g‘alaba qozonadi va har ikki jamoa ham gol uradi.

«Bavariya» — «Xoffenxaym» uchrashuvi 8-fevral, yakshanba kuni 21:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Bellashuvning borishini matnli onlayn translyatsiya orqali kuzatish mumkin.

O‘yin arafasida mezbonlar turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, mehmonlar esa uchinchi o‘rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.