Boka Huniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi

Boka Huniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi

Argentina klubi «Boka Huniors» sport direktori sifatida Marselo Delgadoni rasman e’lon qildi. U jamoa prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Klub tarkibini tez fursatda kuchaytirish zarurati bor va endi bu boradagi asosiy vazifalar aynan shu tandem zimmasiga tushadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Delgado futbolchi sifatida ham tajribali: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasida 18 o‘yin o‘tkazgan, 1998 yilgi jahon chempionatida ham maydonga tushgan. Shuningdek, u 2003 yilda Libertadores kubogida eng yaxshi to‘purar bo‘lgan — «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.