Luis Enrike Safonov va Shevale raqobati haqida gapirdi

Luis Enrike Safonov va Shevale raqobati haqida gapirdi

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike jamoada darvozabonlar o‘rtasidagi “birinchi raqam” uchun kurash mavzusiga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Fransiya Ligasining “Marsel”ga qarshi yakshanba kungi bahsida parijliklar darvozasini yana Matvey Safonov qo‘riqladi. Rossiyalik posbon uchta zarbani qaytarib, darvozasini daxlsiz saqladi, PSJ esa 5:0 hisobida yirik g‘alabaga erishdi. Lyuka Shevale uchrashuvni zaxirada o‘tkazdi.

“Menga omad kulib boqgan: menda juda yuqori saviyadagi uch nafar darvozabon bor. Ularning har biri nafaqat individual jihatdan, balki jamoaviy o‘yin nuqtayi nazaridan ham foydali”, — deya Enrikening so‘zlarini FootMercato keltirdi.

Joriy mavsum Safonov barcha musobaqalarda 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol o‘tkazib yubordi va 3 bor “quruq” o‘yin qayd etdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.