Liverpul Enfildda 83-daqiqagacha yutib turib yengildi

Liverpul Enfildda 83-daqiqagacha yutib turib yengildi

Angliya Premyer-ligasining navbatdagi turida «Liverpul» o'z maydoni — «Enfild»da «Manchester Siti»ga imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvning 74-daqiqasida mezbonlar hisobni ochib, oldinga chiqib oldi. Biroq jamoa 83-daqiqagacha ustunlikni ushlab turgan bo'lsa-da, yakunda ketma-ket ikki gol o'tkazib yuborib, mag'lubiyatga uchradi.

Qayd etilishicha, «Liverpul» klubi tarixida ilk bor APLda «Enfild»da o'yinning shunchalik kech pallasigacha hisobda oldinda borib, baribir yutqazdi. So'nggi yetti daqiqada bunday ssenariy bilan ochko yo'qotish mersisaydliklar uchun yangilik bo'ldi.

Ushbu mag'lubiyatdan so'ng Arne Slot boshqaruvidagi jamoa APL turnir jadvalida 6-o'ringa tushib ketdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.