Noyer va Bauman Bundesligadagi golkiperlar rekordini takrorladi

Germaniya chempionatining navbatdagi turida taqvim Myunxenning «Bavariya»si bilan turnir jadvalida uchinchi o‘rinda borayotgan «Hoffenhaym»ni to‘qnash keltirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv ikkala jamoa posbonlari — Manuel Noyer va Oliver Bauman uchun ham o‘ziga xos tarixiy voqeaga aylandi. Bu ularning Bundesligada bir-biriga qarshi o‘tkazgan 27-o‘yini bo‘lib, shu orqali darvozabonlar o‘rtasidagi eng ko‘p duellarga oid liga rekordini takrorlashdi. Avval bu ko‘rsatkich Ayke Immel va Uli Shtayn juftligiga tegishli edi, endi esa Noyer va Bauman ham ushbu ro‘yxatga qo‘shildi.
Eslatib o‘tamiz, bahsda «Bavariya» raqib tarkibidagi chetlatishdan unumli foydalanib, 5:1 hisobida yirik g‘alabani rasmiylashtirdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













