Kivu skudetto poygasi haqida hozircha nol foiz dedi

Kivu skudetto poygasi haqida hozircha nol foiz dedi

Milanning «Inter» jamoasi bosh murabbiyi Kristian Kivu A Seriyadagi chempionlik poygasi bo'yicha vaziyatga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yakshanba kuni «neradzurrilar» safarda «Sassuolo»ni 5:0 hisobida yirik mag'lub etdi. Shu tariqa «Inter» ikkinchi o'rindagi «Milan»dan ochkolar farqini sakkiztaga yetkazdi, «rossonerilar»ning esa bitta o'yini zaxirada qolmoqda.

Uchrashuvdan so'ng jurnalistlar Kivudan skudetto uchun kurashdagi imkoniyatlarni so'rashdi. Ruminiyalik mutaxassis kutilmagan tarzda javob berdi.

«Hozircha — nol foiz. Oldinda juda ko'p o'yin bor, yana ko'plab ochkolar o'ynaladi. Faqat bizgina emas, boshqalar ham katta maqsadlar qo'ygan. Og'ir mehnat kutyapti», — dedi Kivu DAZNga bergan intervyusida.

«Inter» navbatdagi turda, 14-fevral shanba kuni A Seriyaning 25-turida o'z maydonida «Yuventus»ni qabul qiladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.