"Lids"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng Daychning o‘rni jiddiy titradi...

"Lids"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng Daychning o‘rni jiddiy titradi...

APLning 25-turida \"Nottingem Forest\" safarda \"Lids Yunayted\"dan 1:3 hisobida yengilganidan keyin klub ichidagi kayfiyat ancha sovib qoldi. BBC yozishicha, jamoa bosh murabbiyi Shon Daychga nisbatan bosim tanqidiy nuqtaga chiqib boryapti va “qat’iy qo‘llab-quvvatlash” avvalgidek mustahkam emas.

Bahs Elland Roudda “Forest” uchun haqiqiy boshog‘riqqa aylandi. 86-daqiqaga kelib hisob 0:3 edi: maydon egalari safida Jayden Bogl va Noa Okafor ketma-ket gol urdi, ikkinchi bo‘lim boshida esa Dominik Kalvert-Lyuin uchinchi to‘pni kiritib, o‘yin taqdirini deyarli hal qildi. “Forest” oxirgi daqiqalarda yangi kelgan hujumchisi Lorenso Lukkaning debyut goli bilan faqat tasalli topdi.

Eng og‘riqli jihat shu bo‘lyapti: klub rahbariyati aynan “taslim bo‘lgan” o‘yindan qattiq norozi. Ya’ni masala faqat hisobda emas — jamoaning xarakter va intizomida ham savollar ko‘paygan.

Eslatib o‘tamiz, Daych “o‘rmonchilar”ni 2025-yil oktyabrida qabul qilib olgan — ungacha jamoani Ange Postekoglu boshqargan va o‘sha almashinuv o‘sha paytdayoq shov-shuvli bo‘lgan. Manbalarga ko‘ra, Daych rahbarligida “Forest” 24 o‘yin o‘tkazib, 10 g‘alaba, 5 durang va 9 mag‘lubiyat qayd etgan.

Endi esa real vaziyat shunday: bir-ikki yomon natija emas, aynan shu kabi “kalit” o‘yinlarda qoqilishlar Daychning kreslosini yanada qizitib yuborayapti. Olddagi turlar “Forest” uchun oddiy futbol emas — bu deyarli imtihon. Chunki APLda sabr ham limitli: bu ligada hatto kofe sovib ulgurmasidan, qarorlar chiqib ketaveradi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.