Noyer va Bauman Bundesligada o'ziga xos rekordni takrorladi

Noyer va Bauman Bundesligada o'ziga xos rekordni takrorladi

Germaniya chempionatining navbatdagi turida taqvim Myunxenning «Bavariya» klubini turnir jadvalida uchinchi o'rinda borayotgan «Hoffenhaym» bilan ro'baro' keltirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv har ikki jamoa darvozabonlari — Manuel Noyer va Oliver Bauman uchun Bundesligadagi o'zaro 27-o'yin bo'ldi. Shu tariqa ular liga tarixidagi rekord natijani takrorladi: avval bu ko'rsatkich darvozabonlar Ayke Immel va Uli Shtayn juftligiga tegishli edi, endi esa Noyer hamda Bauman ham ushbu ro'yxatga qo'shildi.

Eslatib o'tamiz, «Bavariya» raqib safida o'yindan chetlatish qayd etilganidan unumli foydalanib, bahsni 5:1 hisobidagi yirik g'alaba bilan yakunladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.