Kompani Bavariya g‘alabasini baholadi va ideal hisobni aytdi

Bundesliganing 21-turi markaziy bahsida “Bavariya” o‘z maydonida “Hoffenhaym”ni 5:1 hisobida yirik tarzda mag‘lub etdi. Uchrashuvdan so‘ng myunxenliklar bosh murabbiyi Vensan Kompani natija borasida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Belgiyalik mutaxassisning ta’kidlashicha, 5:0 yoki 6:0 hisobidagi g‘alaba yanada “ideal” ko‘rinardi, biroq jamoa raqibga hurmat bilan yondashgan. “Qarshimizda kuchli jamoa o‘ynadi, shuning uchun bu natijani yaxshi deb hisoblash mumkin. Endi butun e’tiborimiz “RB Leypsig”ga qarshi o‘yinda”, — dedi Kompani klub matbuot xizmatiga.
Kecha qo‘lga kiritilgan g‘alabadan keyin “Bavariya” 54 ochko jamg‘ardi va Bundesliga jadvalida peshqadamlikni saqlab qoldi. Myunxenliklar eng yaqin ta’qibchini olti ochkoga ortda qoldirmoqda.













