Nepomnyashchiy Safonovning PSJdagi so'nggi o'yinlarini baholadi

Nepomnyashchiy Safonovning PSJdagi so'nggi o'yinlarini baholadi

Mashhur rossiyalik murabbiy Valeriy Nepomnyashchiy PSJ darvozaboni Matvey Safonovning Fransiyadagi chiqishlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Rossiya terma jamoasi posboni joriy mavsumdagi yettinchi o'yinini o'tkazdi: parijliklar prinsipial to'qnashuvda «Marsel»ni yirik hisobda taslim etdi — 5:0.

«Men doim aytaman: u o'ynashi kerak. Xudo xohlasa, shunday davom etsin. U o'z o'yini bilan allaqachon bir necha bor hammasini isbotlab bo'lgan», — deya Nepomnyashchiyning so'zlarini keltiradi «Match TV».

Eslatib o'tamiz, Safonov 2023 yilda «Krasnodar»dan Liga 1 ga ko'chib o'tgan. 26 yoshli darvozabon PSJ safida Chempionlar ligasi, FIFA Qit'alararo kubogi, UEFA Superkubogi, shuningdek Fransiyadagi barcha sovrinlar — Liga 1, Kubok va Superkubokni qo'lga kiritgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.