The Athletic reytingida tarixning eng zo'r futbolchilari aniqlandi

The Athletic reytingida tarixning eng zo'r futbolchilari aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda The Athletic tuzgan futbol tarixidagi eng yaxshi 100 futbolchi reytingi faol tarqalmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ro'yxatning dastlabki o'ntaligi quyidagicha: Lionel Messi, Diego Maradona, Pele, Yoxan Kroyf, Krishtianu Ronaldu, Alfredo di Stefano, Frans Bekkenbauer, Zinedin Zidan, Ferens Puskash va Mishel Platini.

Bunday reytinglarni mutlaqo xolis tuzish qiyinligi ta'kidlanmoqda: Reddit'dagi izohlarda futbol muxlislari o'rtasida keskin bahslar avj oldi. Ayrimlar uch karra jahon chempioni bo'lgan Pelening faqat uchinchi o'ringa qo'yilganidan norozi.

Shuningdek, darvozabon Lev Yashin ushbu reytingda 18-pog'onadan joy oldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.