Pizakane Rimdagi maglubiyatdan so'ng jamoasini tanqid qildi

Pizakane Rimdagi maglubiyatdan so'ng jamoasini tanqid qildi

Italiya A seriyasining 24-tur yakunlovchi uchrashuvida «Kalyari» Rimda «Roma»ga qarshi bahsda omadsiz chiqdi. Orolliklar mezbonlardan ikki gol o‘tkazib yuborib, ochkolarsiz qaytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvdan keyin jamoa bosh murabbiyi Fabio Pizakane natijani izohladi. Mutaxassis «Kalyari» bundan ko‘prog‘ini qila olganini, mag‘lubiyatni ham munosibroq qabul qilish mumkinligini ta’kidladi.

Pizakanening fikricha, birinchi davradagi o‘yinga nisbatan «Roma» ancha kuchaygan va bu safar maydonda yanada qiziqarliroq harakat qilgan. «Kalyari»da 2-3 ta real imkoniyat bo‘lgan, ammo ular bekorga sarflangan. Murabbiy jamoa o‘yinini «o‘rtamiyona» deb baholadi.

«Kalyari» A seriya turnir jadvalida hozircha 12-o‘rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.