Jikiya Antalyaspor'dagi holati haqida qisqa izoh berdi

Jikiya Antalyaspor'dagi holati haqida qisqa izoh berdi

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Jikiya Turkiyadagi faoliyati borasida savollarga javob berdi. 32 yoshli futbolchining bu boradagi fikrlari «FNL s Ilyovym» telegram-kanalida e’lon qilingan videoda keltirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jikiyadan klubdagi ishlari qanday ketayotgani so‘ralganda, u hammasi joyida ekanini aytdi. Turkiyadagi sharoit va muhit ham uni to‘liq qoniqtirayotganini futbolchi tabassum bilan qo‘shimcha qildi.

Georgiy Jikiya «Antalyaspor» safiga o‘tgan yozda kelib qo‘shilgandi. Shundan beri u 13 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.

Hozirda «Antalyaspor» Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi uchrashuvini 13-fevral kuni o‘z maydonida «Samsunspor»ga qarshi o‘tkazadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.