Timur Gurtskaya Golovinni XXI asr yetakchilari qatoriga qo'shmadi

Mashhur futbol agenti Timur Gurtskaya «Monako» va Rossiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Aleksandr Golovinning faoliyati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Gurtskayaning ta'kidlashicha, XXI asrning eng yaxshi rossiyalik futbolchilari ro'yxatida Golovin bo'lishi mumkin emas. Uningcha, futbolchining Yevropadagi yo'li unchalik yorqin kechmagan, CSKA safida esa u atigi bitta sovringa ega bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, Golovin XXI asrning eng yaxshi rossiyalik futbolchilari reytingida 10-o'rinni egallagan.
Aleksandr 2018 yildan beri «Monako» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













