The Athletic talqinida tarixning eng zo'r futbolchilari e'lon qilindi

The Athletic talqinida tarixning eng zo'r futbolchilari e'lon qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda The Athletic tuzgan tarixdagi 100 nafar eng kuchli futbolchi reytingi keng muhokamaga sabab bo'lmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ushbu ro'yxatning kuchli o'nligi quyidagicha ko'rinish oldi: Lionel Messi, Diego Maradona, Pele, Yoxan Kroyf, Krishtianu Ronaldu, Alfredo di Stefano, Frans Bekkenbauer, Zinedin Zidan, Ferens Pushkash va Mishel Platini.

Bunday reytinglarni imkon qadar xolis tuzish oson emasligi ta'kidlanadi. Redditdagi izohlarda futbol ishqibozlari o'rtasida qizg'in bahslar avj oldi: ayrimlar uch karra jahon chempioni bo'lgan Pele nega faqat uchinchi o'rinda qolganidan norozi.

E'tiborlisi, darvozabonlar orasida afsonaga aylangan Lev Yashin ham reytingda 18-pog'onadan joy oldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.