Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenshuxua Osiyo Chempionlar ligasidan chiqib ketdi

Osiyo Chempionlar ligasida seshanba kuni «Shanxay Shenshuxua» (Xitoy) o‘z maydonida Yaponiyaning «Matida Zelviya» jamoasini qabul qildi. Leonid Slutskiy shogirdlari 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mehmonlar uchrashuvning 3-daqiqasidayoq hisobni ochdi, yakunda esa 88-daqiqada farqni mustahkamladi. Har ikki gol muallifi — Yuki Soma bo‘lib, u dubl qayd etdi.
Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng «Shanxay Shenshuxua» umumiy bosqichning yetti turida atigi to‘rt ochko jamg‘argan holda pley-off yo‘llanmasi uchun kurashish imkoniyatini yo‘qotdi.
Eslatib o‘tamiz, Leonid Slutskiy Xitoy klubini 2023 yil oxirida qabul qilib olgan edi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













