Jikiya Antalyaspor dagi holati haqida fikr bildirdi

Jikiya Antalyaspor dagi holati haqida fikr bildirdi

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Jikiya Turkiyadagi faoliyati bo‘yicha savollarga javob berdi. 32 yoshli futbolchining qisqa izohi «FNL s Ilyovym» telegram-kanali e’lon qilgan videoda namoyish etildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jikiyadan klubdagi ishlar qanday ketayotgani so‘ralganda, u barchasi joyida ekanini aytdi. Shuningdek, futbolchi Turkiyadagi sharoitlar ham ko‘ngildagidek ekanini tabassum bilan tasdiqladi.

Jikiya o‘tgan yozda «Antalyaspor» safiga qo‘shilgandi. Shu paytgacha u jamoa tarkibida 13 uchrashuv o‘tkazib, ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.

Hozir «Antalyaspor» Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda. Jamoaning navbatdagi o‘yini 13-fevral kuni o‘z maydonida «Samsunspor»ga qarshi bo‘lib o‘tadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.