Viktor Font Laportani saylov oldi aldovida aybladi

Viktor Font Laportani saylov oldi aldovida aybladi

«Barselona» prezidentligiga nomzod Viktor Font klub rahbari Joana Laportaning boshqaruv uslubini keskin tanqid qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Fontning fikricha, Laporta klubga tegishli sport infratuzilmasini rekonstruksiya qilish bo'yicha bergan va'dalarini amalda bajarmayapti.

«Laporta yana hamkorlar bilan o'yin qilmoqda: OAVga go'yoki yangi loyiha haqida gapiryapti, ammo bu tashabbusning moliyaviy manbasi yo'q. Bu — saylov oldi maqsadlaridagi navbatdagi tutun pardasi va aldov», — deya Fontning so'zlarini keltiradi Diario Sport.

Eslatib o'tamiz, klubda yangi prezident saylovi mart oyida bo'lib o'tadi. Hozircha prezident vakolatlarini Rafael Yuste bajarib turibdi.

La Liganing 23-turidan so'ng «Barselona» turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi va Madridning «Real» klubidan bir ochko oldinda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.