Slutskij boshqaruvidagi Shanxaj Shenxua mag'lub bo'lib, turnirni tark etdi

Slutskij boshqaruvidagi Shanxaj Shenxua mag'lub bo'lib, turnirni tark etdi

Osiyo Chempionlar ligasining seshanba kungi uchrashuvida Xitoyning «Shanxaj Shenxua» jamoasi Yaponiyaning «Matida Zelviya» klubini qabul qildi. Leonid Slutskij shogirdlari 0:2 hisobida yutqazdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mehmonlar hisobni bahsning 3-daqiqasidayoq ochdi, yakunda esa 88-daqiqada yana bir gol urildi. Ikki golga ham Yuki Soma mualliflik qildi va dubl qayd etdi.

Ushbu mag'lubiyatdan so'ng «Shanxaj Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasi pley-offiga chiqish imkoniyatidan butunlay ayrildi. Umumiy bosqichning yetti turida jamoa atigi to'rt ochko jamg'ara oldi.

Eslatib o'tamiz, Leonid Slutskij Xitoy klubini 2023 yil oxirida boshqargan edi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.