Argentina ligasida di Mariya simulyatsiya ayblovlari ostida qoldi

Argentina ligasida di Mariya simulyatsiya ayblovlari ostida qoldi

Anxel di Mariya vataniga qaytdi va ilk o'yinlardagi ijobiy taassurotlardan so'ng u atrofida bahslar kuchaydi. Gap natijalardan ko'ra ko'proq raqiblar noroziligi haqida: ular tajribali vinger maydonda tez-tez yiqilib, fol ishlatishga urinadi, deb hisoblamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Argentina chempionati muhokama qilinadigan forumlarda tanqidiy fikrlar ko'paydi. Ayrim muxlislar va kuzatuvchilar «nega di Mariya fokuslari uchun ogohlantirilmaydi», «u yulduz, ammo bunday harakatlar bezdirib yubordi», «shunday saviyadagi futbolchining penalti so'rab o'zini tashlashi achinarli» kabi izohlar qoldirmoqda. Hozirda sobiq “Manchester Yunayted” va “Real” futbolchisi “Rosario Sentral” safida to'p surmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.