Djikija Antalyaspor'dagi holati haqida qisqa izoh berdi

Djikija Antalyaspor'dagi holati haqida qisqa izoh berdi

Turkiyaning «Antalyaspor» klubi himoyachisi Georgiy Djikija jamoa safidagi hozirgi ahvoli yuzasidan fikr bildirdi. 32 yoshli futbolchining so'zlari aks etgan videoni «FNL s Ilyovym» telegram-kanali e'lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

— «Antalyaspor»da ishlar qalay? — degan savolga Djikija «Hammasi yaxshi, rahmat», deya javob qaytardi.

Keyingi savolda Turkiyadagi sharoit va hayot uni qoniqtiryaptimi, deb so'ralganda, himoyachi kulimsirab: «Turkiyada hammasi joyida», — dedi.

Djikija «Antalyaspor» safiga o'tgan yozda kelib qo'shilgan. Shundan beri u 13 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol muallifiga aylangan.

Hozirda «Antalyaspor» Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o'yinini 13-fevral kuni o'z maydonida «Samsunspor»ga qarshi o'tkazadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.